ө   
қ


BOTINIY GO`ZALLIKNI YO`QOTMAYLIK
Dunyo yaralibdiki insoniyat hamisha go`zallikka intilib yashagan. Hamma narsani go`zal ko`rishni istagan. Go`zal shaxarlar, go`zal ko`chalar, go`zal kiyimlar, go`zal qiyofalar
Ha go`zallik haqida so`z ketar ekan go`zal chexra go`zal tashqi ko`rinish doimo birinchi o`rinda. Insonning kiyinishi, tashqi qiyofasi uning tashrif qogo`zi bo`lib hisoblanadi. Ammo botiniy go`zallik esa hamon botiniyligicha qolayotganday nazarimizda
Xalqimizda bir maqol bor; Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.,, Go`zallikni sevuvchi yo`q aslida go`zallik deb soxtalikni ajratolmayotgan insonlarning ishlarini aytib kuyaylikmi?! aytmay kuyaylikmi?! Toxir Malik aytadi: Tuyaqushning g`alati odati bor :biron bir xavfni sezsa boshini qumga tiqib oladi .Ba`zi odamlarda ham shunday odat mavjud. Haqiqatdan qo`rqib boshlarini go`yo qum orasiga tiqib yashaydilar. Atrofga qaramaydilar, kelajakni tasavvur qila olmaydilar, eng yomoni yaqinlashayotgan xatarni sezmaydilar.Biz hech kimni qo`rmitmoqchi emasmiz, bunday niyatdan yiroqmiz albatta. Faqatgina go`zallik shaydolariga o`z go`zalliklarini yanada yaxshiroq ko`rishlari uchun ko`zgu tutmoqchimiz halos.Ko`raylikchi ular qay darajada go`zal inson ekanlar. Adabiy asarlarimizda qizlarimiz kamon qoshli, qora ko`zli, shirin so`zli, qirq kokilli, beqasam to`nli qilib tasvirlansa, yigitlarimiz baland bo`yli, keng yelkali, barvasta gavdali, qadoq kaftli, qo`lida ketmon yoki qalqon bilan tasvirlangan. Hech bir adib yigitlarni sochi brek uslubida, jensi shimda deya yoxud qizlarimizni tor shimda, mini yupkada deya tariflamaydi. Sababi oldin bunday yigit qizlar bo`lmagan edi
Ha edi. Endichi ?! Endi bunday yoshlar qayerdan paydo bo`ldi degan savol tug`iladi. G`arbning g`arib modalariga taqlid qilayotgan sharq go`zallari bu go`zallikni nahot sharqdan topa olishmagan bo`lsalar? Axir o`zimizning asrlar osha yashab kelayotgan milliy kiyimlarimiz adras, atlas, shoyi , beqasam kabi matolarimiz qizlarimizning xusniga xusn qo`shib ularni yanada jozibali, latofatli,nafosat va nazokatli qilib ko`rsatishi xech birimizga sir emas. Bu matolarimizning g`arb matolaridan ortiq joyi bo`lsa borki , kam joyi yo`q. Go`zallik shaydolari buni tushinisharmikin Bu qilayotgan ishlari go`zallikmi? yo aqldan ozishmi? Aqldan ozsa ham har kim o`z imkoniyatiga yarasha aqldan ozar ekanda. Bu kunlarda ayrim yigit va qizlarni kiyimiga va tashqi qiyofasiga nazar tashlab ularning aqldan ozganiga guvox bo`lishimiz mumkin. Ko`chalarda yigitlarning kalta short kiyishi , qizlarning tor shim kiyib , ochiq kiyinib yurishlari, ollox ato etgan go`zallikka qanoatlanmay yuzlariga har hil bo`yoqlarni chaplab yurishlari aqlga sig`adimi?! Naxot bu qizlarning otasi,akasi ,turmush o`rtog`i bunga ruxsat berib qo`ygan bo`lsa. SHunday bo`lsa bunday kimsalarning belidagi belbog`ini yechib lozim kiyishlari yarashiqli hol bo`lar edi deb o`ylaymiz. Ayrimlarning siyratidan andisha ko`tarilyapti . Bir paytlari yangi kuyovlar qaynotasiga ko`rinishga hijolat bo`lib yurishardi. Hozirgi yigitlar uyalmay qaynotasining oldida qizi bilan quchoqlashib to`yida raqsga tushishadi. Ayrim o`zini zamonaviy deb xisoblaydigan qizlar ochiq sochiq kiyinishni fojea xisoblamaydilar.Vals tushishni ku, gapirmay qo`yaveraylik. Bepardalik , yuzsizlik ham evi bilan-da . G`arbning salbiy odatlariga yurib emas yugurib borayotgan ayrim zamonaviylarning bu kabi quyushqonga sig`mas qiliqlari xaqida ko`p yozildi. Ommaviy ma`daniyat targ`ib qilayotgan ma`danyatsizliklar haqida aytilmagan gap, yozmagan jurnalist qolmadi. Ammo epaqaga kelish o`rniga beo`xshov qiliqlar, yarashmagan maynavozchiliklar avj olmoqda. SHarmandalikka indamay qarab turish ham sharmandalik hisoblanadi. SH uning uchun ham yigit nomussizligini, xamiyatsizligi , orsizligini bayram qilsin, ko`r ko`rona birovlarga taqlid qiladigan esi pastligini ko`rsatib qo`ysin. Qiz ham hayosizligi , tarbiya ko`rmaganligi, ertaga xaqiqiy er bo`ladigan, vafodor yor bo`ladigan yigit qizlarini tarbiyalashga yaramaydigan noshudligini elga namoyish qilsin deyishga vijdonimiz qiynaladi. Millat viqorini zimdan hatto oshkora kemirayotgan g`arbona, g`aribdan g`arib, qashshoqdan qashshoq, bundaydaylar haqida yana nimalarni gapirish mumkin. Bunday kimsalarni gapiramiz , nafratlanamiz. SHunday qizlarga qarab turib Nodiraning ibosi, Barchinoyning ro`moli, Uvaysining hayosi qani deging keladi. Olloxga shukrkim hamma o`zbek qizlari bunday emas. Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek : surmadin ko`zlar qaro , qo`llar xinodin lolarang huddi shu kabi tabiiy go`zalligini yo`qotmagan qizlarimiz oramizda ko`plab topiladi. Yuzlari bo`yoq kosmetikadan emas ibo-yu hayodan qizargan qirmizi yanoqlar, uzun kiprikli qora ko`zlar esa tik qarshga uyalib yerga qadalgan, faqat shamol-u yomg`irlar silashga botina oladigan uzun sochli , uzun ko`ylakli farishtalar,sanamlar , hur-u g`ilmonlar bular-O`ZBEK QIZLARI!!!
Buyuk adib Abdulla Qodiriyning O`tkan kunlar asari asosida olingan filmda shunday sahna bor: Kumushbibi zaxarlanib o`lim to`shagida yotganida oldiga qaynotalari kiradilar.SHunda Kumushbibi garchi o`lim yoqasida bo`lsada yoyilgan sochlarini yig`ishga jon jaxdi bilan urinadi .SHu sahnaning o`ziyoq o`zbek qizining sharm-u hayosini to`la to`kis holda ochib bergan. Yoki bo`lmasam Kelinlar qo`zg`loni filmini olaylik : Kelinlarining tor liboslarda raqsga tushayotganini ko`rgan Farmonbibining qanchalar achchig`i chiqadi. Garchi kelinlari hech kimga xatto erlariga ham ko`rinmay raqsga tushgan bo`lsalarda bu qanday masxarabozlik, bunaqada el-yurtga sharmanda qilasizlar-ku, deydi. Xo`sh hozirchi? Hozir ayrim qizlar yani guruch ichidagi kurmaklar bemalol sochlarini yoyib , oyoqlarini, bellari-yu qornigacha boringki xatto kindigigacha ochib hech kimdan qizg`anmay hammaga ko`rsatib ko`chalarda to`g`rirog`i kechalarda ,bar va tungi klublarda , taralla bedod qilib yurgan bu soxta go`zallarga gapiruvchi FARMONBIBI BORMI ORAMIZDA??? Balkim Farmonbibilarning kamligi tufayli bunday BARBILAR, BEXAYOLAR ko`payotgangandir. Bunday soxta barbi qo`g`irchoqlar qanchalik chiroyli bo`lmasin , oltin , zar, dur-u marvaridlarga burkanmasin, oxirgi modaga qarab kiyinmasin baribir asl o`zbek shaxzodalariga yoqishmaydi. Asl shaxzodalar esa ibo-hayoli, oddiy ,kamtarin va eng muximi qalbi go`zal qizni o`ziga yor etib saylaydilar. Taniqli aqtrisa SHaxzoda Matchanva o`zlarining bir interviyularida : aqtrisa uchun tabiiy go`zallik juda muhim. Chunki ekran sohtalikni sotib qo`yadi, shishirilgan lab bilan masuvma qiz obrazini bir tasavvur qilib ko`ring. Men yoshlikning o`zi go`zallik deb o`ylayman deya takidlaydilar. Haqiqattanda shishirilgan lab, makiaj, tatuaj bular o`zbek qizlari uchun uyat balkim isnotdir. Insonning avvalo qalbi go`zal bo`lsin. Tashqi go`zallik vaqt o`tishi bilan yo`qoladi. Ammo botiniy go`zallik xech qachon insonni tark etmaydi. Inson tashqi husnini yo`qotgan taqdirdayam o`zining samimiyligi, mexribonligi, kamtarinligi ya`nikim ma`naviy boyliklari bilan yanada husn malohatli bo`lib tuyulaveradi. Axir yuzlarini ajin bosgan, sochlarini qor qoplagan momolarimiz, bobolarimiz ko`zimizga xunuk ko`rinishmaydiku? Sababi ularning ichidagi botiniy nur chexralarini doimo yoritib turadi. SHuning uchun ham biz ularga parvonadek talpinaveramiz. To`g`rida inson qachongacha ustidagi toza kiyimlari yoki tatuaj makiaji bilan ichidagi kirlarni yashiradi. Xo`sh biz sizga tutgan ko`zguda nimalarni ko`rdinggiz? Go`zal qalbli insonnimi? Yoki ma`naviy dog`larga to`la yuznimi? Go`zal insonni deysizmi?! Unda xursandmiz! Agar dog`lar to`la ko`zguni ko`rgan bo`lsanggiz hafa bo`lmang, bu dog`larni yo`qotishga kuchinggiz va vaqtinggiz yetadi. HALIYAM KECHMAS!.

Sailxonova Nazokat
QMU jurnalistika yo`nalishi 1-bosqich talabasi.
ң:
E-Mail:
| | |
:
          
ң

ң: