ө   
қ


MEN TANLAGAN KASB
Ayni damda bir narsani harchand tushuntirmoqchimanu, tushuntirganim bilan tushuntirib bolmasdek tuyuladi. Yoki men buni amallab tushuntirmoqchi bolar ekanman gaplarim juda jon ekanligini anglayman. Nega endi buni amallab zorga tushuntirishim kerak? Nega yuksak darajada emas? Qolimdan kelmaydimi? Nega? Tushintirishga urinaman-u, bu bilan ozimning soz boyligim qanchalar tor ekanligini his etaman va tushintirmoqchi bolgan narsamning bor qadrini yakson etishdan qorqaman. Sozning kuchini shu yerda anglayman. Soz shunday qudratli kuchga ega bolgan kalitki, bu kalit orqali kimningdir qalb qulfini ochishimiz, kimlarningdur ogzini yopishimiz mumkin. Men buni qachon angladim deyman ozimga ozim. Esimda maktab paytimda kundalik daftarim bolardi. Unga iloji boricha gozal kunlarimni gozal sozlar bilan yozishni istardim. Balki shunda anglagandirman. Yoq. Faqat bu sabab bololmaydi. Onajonimga oz qollarim bilan tabriknoma yasardim. Unga dunyodagi eng sara, pok sozlarni kiritgim kelardi.
Oqsardim..
Qiynalardim..
Sozsiz sozlarim sozlolmasdi
Balki, sevgi maktubini olganimda his etgandirman sozning mehrini, otashini. Balkim. Korganlarimni oddiy koz bilan korishni istamasdim. Hammadan boshqacha korishni, korganlarmni esa ular ilgay olmagan nozik jabhalarini sozlashni istardim. Sozlaganda ham inson qalbiga yetib boradigan va unga tasir qiladigan darajada sozlashni xohlardim. Bu istaklar menda nimanidir boshlanishidan darak berardi. Ichimdagi bu sirlar sandigi bir kuni ochilishini zimdan sezardim. Konglimdagi kimgadur izhor etmagunimga qadar tinchlik bermayotgan NIMADIR paydo boldimi darrov qogozga tushirardim. Har kuni yozardim. Nimanidir. Agar bir kun yozishdan toxtasam bu hislatlar meni tark etadigandek tuyulardi. Qolaversa, qiziqishim yozmasligimga tosqinlik qilardi. Bora-bora bu qiziqish maqsadga aylandi. Yuqorida tarifini topolmaganim, tushuntirishga qiynalganim bu mening ich ichimdagi buyuk orzuim ekan. Bu mening hayotimdagi qabul qilgan, tuygularim shunga boshlagan - qaror. Yoq, qarormas. Ichimdagi nimaningdur hayotdagi korinishi. Mening qismatim. Necha yilki, javobini topolmaganim, keyingi umrimning debochasi ekan. Bu debochaga esa oltin harflar ila JURNALISTIKA deya yozilgan!
JURNALISTIKA! Qanchalar jarangdor yangraydi bu soz . Nahot men jurnalistikaga qadam qoydim. Jurnalistika meni ohangrabodek oziga tortdi. Jurnalistika endi hayotim mazmuniga aylandi. Shunday mazmunki, bu siz men ozimni bir butun insondek his etolmayman. Ammo, bu mazmunni yoqotishdan qorqaman. Chetdan qaraganda bu kasb dunyodagi eng oson kasblardan biridek tuyuladi. Aslidachi? Aslida ham shundaymikin? Jurnalist kasbi nihoyatda behalovat. Xizmat vaqti tugab, xonasidan chiqqan taqdirda ham uni ishi tugaydi deb oylaysizmi? Yanglishasiz. Jurnalist yolda ham, uyda ham doim nimadir hayolida yozajak maqolasini oylaydi. Nimadan boshlasam ekan, mavzuni qanday nomlayman, oxirini qanday tugatgan yaxshi. Bu kabi savollar tinchlik bermaydi mutloq. Maqolasi tayyor bolib gazeta yuzini korganda ham tinchimaydi. Yana va yana yangi mavzular oylaydi. Tunda oylaganini topgandek boladi. Tilida qayta-qayta takrorlaydi. Bunga ham qoniqmasdan uni qogozga qoralaydi. Bu jurnalistning oddiy bir kunining korinishi xolos. Jurnalist jasorati ham shunda aks etadi.
Jurnalist jasorati jumlalarni jonli jozibali jonlantirishdir.
Mashxur rus yozuvchisi Ilya Ilf - talantsizlar bir biriga juda oxshaydilar, ularning xatlari xam bir biridan farq qilmaydi deb yozadi va istedodli yozuvchilar esa bir biriga mutloqo oxshamaydilar degan hulosaga keladi. Darhaqiqat shunday. Hozirda bir biridan ijod yoli, uslubi bilan farq qiluvchi jurnalistlar oramizda talaygina. Jurnalist deganda koz oldimda avvalo Ozod Sharafiddinov, Abdumomin Otbosarov gavdalanadi. Bu ikkala jurnalistning ijod yoli, otkir ovozi, betakror sozlari tahsinga sazovor. Garchi bu insonlar hozirda hayot bolmasalarda ularning bebaho sozlari tufayli nomlari also ochmaydi. Bunday jurnalistlar yanada kopayishini istardim. Jasoratli jurnalistlar. Hammamiz sevib tomosha qilgan Sotqin filmida ham jurnalist obrazini korishimiz mumkin. Ushbu filmda jurnalistning xalq taqdirida qanchalar muhim rol oynashi ochib berilgan. Unda dastavval otasining izmidan chiqolmagan jurnalistikada oqiyotgan talaba tasvirlanadi. Keyinchalik esa u otasi nohaq ekanligini, yurtni hech qachon qurol bilan tortib olib bolmasligini, buning oqibatida esa xalq qanchalik azob-uqubatda qolishini anglab yetadi va otasini bu yoldan qaytarmoqchi boladi. Sodir bolayotgan nohaqliklarga jim qarab tura olmaydi. Garchi oz oilasi bolsada vatanni, xalqni ulardan ustun qoyadi. Film songida esa uning oz akasi tomonidan oldirilishi tasvirlangan. Garchi u halok bolsada yurt tinchligi uchun oz bolsada hissasini qoshadi, vijdoni pok holatda jon beradi. Diniy ekstrimizmning jirkanch goyalariga aldanganlarni, garaz niyatli kimsalar ularni hohlagan koyga solib goyo orgimchak uyasiga oxshab oralgan giyohvand singari zombiyga aylanishilariga, ularning odamnusxa shaytonday ularning nogorasiga oynamasligi, vatan, mexribon ota-ona, oila, shirin farzandlar, yor-u dost singari tushunchalarni qadrini yoqotmasliklari uchun kurashadi. Bunday misolni yana bir ozbek filmidan keltirish mumkin. Majnun bu filmda garchi qiz bola bolishiga qaramasdan kasb vazifasini bajarish uchun ruhan hasta tajovuzkor odamdan intervyu olishga odamlar deyarli yashamaydigan chol-u biyobonga hech qanday himoyasiz yolgiz ozi boradi. Unga esa intervyu berish u yoqda tursin, jurnalist qizni otib tashlamoqchi boladi. Jurnalist qiz xatto shu tajovuzkor insonni hayotga qaytaradi uni aslida yaxshi inson ekanligini isbotlaydi. Kinolardagi voqelar ham hayotdan olinadi. Mamnuniyat bilan aytish kerakki, jonini jabborga berib vaqt bilan xisoblashmay mehnat qilayotgan jurnalistlar juda kop. Eng fidoyi jasur jurnalistlarga Jasorat ordeni berilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga toganoq bolayotgan illatlarni ommaviy axborot vositalarida jasurlik bilan fosh etishdagi xizmatlari, jamiyatimizdagi eng dolzarb muommolani dadillik bilan kotarib chiqayotganligi, vatanimizning tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi va axilligiga raxna solishga urinayotgan kuchlarning qora niyatlarini roy rost ochib berishdagi jasorati uchun davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bolmoqdalar. Jurnalistning jasorati ganimlarga qarshi kurashayotgan kishining jasorati bilan tenglashtirilmoqda. Demak jurnalist ham jangchi ekan. Mafkura va goyalar jabxasidagi jangchi. Jurnalist sinchikov bolishi lozim. U kongliga otirmaydigan hodisa oldidan befarqlik bilan otsa, menga qizigi yoq desa, yuragi yonmasa, bunday kimsadan aslo jurnalist chiqmaydi. Shu orinda Obekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovni sozlarini keltirib otsam.
Jurnalist deganda, xalqimiz koz ongida el-u yurt quvonch va tashvishlariga sherik, doimo yangiliklar izidan yuruvchi behalovat inson namoyon boladi. Shu bois odamlar matbuotga, radio va televideniyaga katta umid bilan qaraydilar, kongillarini ochadilar, ularni hayotda eng zarur, eng sodiq dost-hamrox sifatida qadrlaydilar.
Biz jurnalist deganda, avvalo oz ornini doimo xalqning qaynoq jabxalarida deb biladigan, har qanday vaziyatda ham xalq va jamiyat manfaatlarini himoya qilish yolida kasb mahorati va fuqorolik pozisiyasini namoyon etadigan qattiyatli insonlarni tasavvur qilamiz.
Jurnalist men hali yoshman, tajribam yetarli emas degan sozlarni aytishi uyat. U yozgan sozga kimdir ishonadi. Osha soz hatto kimningdur hayotini ozgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, jurnalist bilimli, masuliyatli bolmogi kerak. Ana shundagina bu sohaning qaymogini tota oladi. Harchand bu soha haqida keng toxtalmoqchi bolmay baribir nimadir qolib ketayotgandek, mening bu yozganlarim dengizdan bir tomchidek tuyuladi. Qanchalik urinmay JURNALISTIKAni ozim hohlagandek tariflay olmayman. Konglim tolmaydi. Men jurnalistika haqida qancha gapirmay, qancha yozmay yana shunchasi qalbim tubida qolib ketaveradi.

SAILXONOVA NAZOKAT
ң:
E-Mail:
| | |
:
          
ң

ң: