DataLife Engine > Publitsistika > MEN TANLAGAN KASB

MEN TANLAGAN KASB


31-03-2018, 21:37. Ðàçìåñòèë: zlixa Ayni damda bir narsani harchand tushuntirmoqchimanu, tushuntirganim bilan tushuntirib bo’lmasdek tuyuladi. Yoki men buni amallab tushuntirmoqchi bo’lar ekanman gaplarim juda jo’n ekanligini anglayman. Nega endi buni amallab zo’rg’a tushuntirishim kerak? Nega yuksak darajada emas? Qo’limdan kelmaydimi? Nega? Tushintirishga urinaman-u, bu bilan o’zimning so’z boyligim qanchalar tor ekanligini his etaman va tushintirmoqchi bo’lgan narsamning bor qadrini yakson etishdan qo’rqaman. So’zning kuchini shu yerda anglayman. So’z shunday qudratli kuchga ega bo’lgan kalitki, bu kalit orqali kimningdir qalb qulfini ochishimiz, kimlarningdur og’zini yopishimiz mumkin. Men buni qachon angladim deyman o’zimga o’zim. Esimda maktab paytimda kundalik daftarim bo’lardi. Unga iloji boricha go’zal kunlarimni go’zal so’zlar bilan yozishni istardim. Balki shunda anglagandirman. Yo’q. Faqat bu sabab bo’lolmaydi. Onajonimga o’z qo’llarim bilan tabriknoma yasardim. Unga dunyodagi eng sara, pok so’zlarni kiritgim kelardi.
Oqsardim..
Qiynalardim..
So’zsiz so’zlarim so’zlolmasdi…
Balki, sevgi maktubini olganimda his etgandirman so’zning –mehrini, otashini. Balkim. Ko’rganlarimni oddiy ko’z bilan ko’rishni istamasdim. Hammadan boshqacha ko’rishni, ko’rganlarmni esa ular ilg’ay olmagan nozik jabhalarini so’zlashni istardim. So’zlaganda ham inson qalbiga yetib boradigan va unga ta’sir qiladigan darajada so’zlashni xohlardim. Bu istaklar menda nimanidir boshlanishidan darak berardi. Ichimdagi bu sirlar sandig’i bir kuni ochilishini zimdan sezardim. Ko’nglimdagi kimgadur izhor etmagunimga qadar tinchlik bermayotgan NIMADIR paydo bo’ldimi darrov qog’ozga tushirardim. Har kuni yozardim. Nimanidir. Agar bir kun yozishdan to’xtasam bu hislatlar meni tark etadigandek tuyulardi. Qolaversa, qiziqishim yozmasligimga to’sqinlik qilardi. Bora-bora bu qiziqish maqsadga aylandi. Yuqorida ta’rifini topolmaganim, tushuntirishga qiynalganim bu mening ich ichimdagi buyuk orzuim ekan. Bu mening hayotimdagi qabul qilgan, tuyg’ularim shunga boshlagan - qaror. Yo’q, qarormas. Ichimdagi nimaningdur hayotdagi ko’rinishi. Mening qismatim. Necha yilki, javobini topolmaganim, keyingi umrimning debochasi ekan. Bu debochaga esa oltin harflar ila “JURNALISTIKA” deya yozilgan!
JURNALISTIKA! Qanchalar jarangdor yangraydi bu so’z . Nahot men jurnalistikaga qadam qo’ydim. Jurnalistika meni ohangrabodek o’ziga tortdi. Jurnalistika endi hayotim mazmuniga aylandi. Shunday mazmunki, bu siz men o’zimni bir butun insondek his etolmayman. Ammo, bu mazmunni yo’qotishdan qo’rqaman. Chetdan qaraganda bu kasb dunyodagi eng oson kasblardan biridek tuyuladi. Aslidachi? Aslida ham shundaymikin? Jurnalist kasbi nihoyatda behalovat. Xizmat vaqti tugab, xonasidan chiqqan taqdirda ham uni ishi tugaydi deb o’ylaysizmi? Yanglishasiz. Jurnalist yo’lda ham, uyda ham doim nimadir hayolida yozajak maqolasini o’ylaydi. Nimadan boshlasam ekan, mavzuni qanday nomlayman, oxirini qanday tugatgan yaxshi. Bu kabi savollar tinchlik bermaydi mutloq. Maqolasi tayyor bo’lib gazeta yuzini ko’rganda ham tinchimaydi. Yana va yana yangi mavzular o’ylaydi. Tunda o’ylaganini topgandek bo’ladi. Tilida qayta-qayta takrorlaydi. Bunga ham qoniqmasdan uni qog’ozga qoralaydi. Bu jurnalistning oddiy bir kunining ko’rinishi xolos. Jurnalist jasorati ham shunda aks etadi.
Jurnalist jasorati jumlalarni jonli jozibali jonlantirishdir.
Mashxur rus yozuvchisi Ilya Ilf - talantsizlar bir biriga juda o’xshaydilar, ularning xatlari xam bir biridan farq qilmaydi deb yozadi va iste’dodli yozuvchilar esa bir biriga mutloqo o’xshamaydilar degan hulosaga keladi. Darhaqiqat shunday. Hozirda bir biridan ijod yo’li, uslubi bilan farq qiluvchi jurnalistlar oramizda talaygina. Jurnalist deganda ko’z oldimda avvalo Ozod Sharafiddinov, Abdumo’min O’tbosarov gavdalanadi. Bu ikkala jurnalistning ijod yo’li, o’tkir ovozi, betakror so’zlari tahsinga sazovor. Garchi bu insonlar hozirda hayot bo’lmasalarda ularning bebaho so’zlari tufayli nomlari also o’chmaydi. Bunday jurnalistlar yanada ko’payishini istardim. Jasoratli jurnalistlar. Hammamiz sevib tomosha qilgan “Sotqin” filmida ham jurnalist obrazini ko’rishimiz mumkin. Ushbu filmda jurnalistning xalq taqdirida qanchalar muhim ro’l o’ynashi ochib berilgan. Unda dastavval otasining izmidan chiqolmagan jurnalistikada o’qiyotgan talaba ta’svirlanadi. Keyinchalik esa u otasi nohaq ekanligini, yurtni hech qachon qurol bilan tortib olib bo’lmasligini, buning oqibatida esa xalq qanchalik azob-uqubatda qolishini anglab yetadi va otasini bu yo’ldan qaytarmoqchi bo’ladi. Sodir bo’layotgan nohaqliklarga jim qarab tura olmaydi. Garchi o’z oilasi bo’lsada vatanni, xalqni ulardan ustun qo’yadi. Film so’ngida esa uning o’z akasi tomonidan o’ldirilishi ta’svirlangan. Garchi u halok bo’lsada yurt tinchligi uchun oz bo’lsada hissasini qo’shadi, vijdoni pok holatda jon beradi. Diniy ekstrimizmning jirkanch g’oyalariga aldanganlarni, g’araz niyatli kimsalar ularni hohlagan ko’yga solib go’yo o’rgimchak uyasiga o’xshab o’ralgan giyohvand singari zombiyga aylanishilariga, ularning odamnusxa shaytonday ularning nog’orasiga o’ynamasligi, vatan, mexribon ota-ona, oila, shirin farzandlar, yor-u do’st singari tushunchalarni qadrini yo’qotmasliklari uchun kurashadi. Bunday misolni yana bir o’zbek filmidan keltirish mumkin. “Majnun” bu filmda garchi qiz bola bo’lishiga qaramasdan kasb vazifasini bajarish uchun ruhan hasta tajovuzkor odamdan intervyu olishga odamlar deyarli yashamaydigan cho’l-u biyobonga hech qanday himoyasiz yolg’iz o’zi boradi. Unga esa intervyu berish u yoqda tursin, jurnalist qizni otib tashlamoqchi bo’ladi. Jurnalist qiz xatto shu tajovuzkor insonni hayotga qaytaradi uni aslida yaxshi inson ekanligini isbotlaydi. Kinolardagi voqelar ham hayotdan olinadi. Mamnuniyat bilan aytish kerakki, jonini jabborga berib vaqt bilan xisoblashmay mehnat qilayotgan jurnalistlar juda ko’p. Eng fidoyi jasur jurnalistlarga “Jasorat” ordeni berilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga to’g’anoq bo’layotgan illatlarni ommaviy axborot vositalarida jasurlik bilan fosh etishdagi xizmatlari, jamiyatimizdagi eng dolzarb muommolani dadillik bilan ko’tarib chiqayotganligi, vatanimizning tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi va axilligiga raxna solishga urinayotgan kuchlarning qora niyatlarini ro’y – rost ochib berishdagi jasorati uchun davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo’lmoqdalar. Jurnalistning jasorati g’animlarga qarshi kurashayotgan kishining jasorati bilan tenglashtirilmoqda. Demak jurnalist ham jangchi ekan. Mafkura va g’oyalar jabxasidagi jangchi. Jurnalist sinchikov bo’lishi lozim. U ko’ngliga o’tirmaydigan hodisa oldidan befarqlik bilan o’tsa, menga qizig’i yo’q desa, yuragi yonmasa, bunday kimsadan aslo jurnalist chiqmaydi. Shu o’rinda O’bekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovni so’zlarini keltirib o’tsam.
“Jurnalist deganda, xalqimiz ko’z o’ngida el-u yurt quvonch va tashvishlariga sherik, doimo yangiliklar izidan yuruvchi behalovat inson namoyon bo’ladi. Shu bois odamlar matbuotga, radio va televideniyaga katta umid bilan qaraydilar, ko’ngillarini ochadilar, ularni hayotda eng zarur, eng sodiq do’st-hamrox sifatida qadrlaydilar.
Biz jurnalist deganda, avvalo o’z o’rnini doimo xalqning qaynoq jabxalarida deb biladigan, har qanday vaziyatda ham xalq va jamiyat manfaatlarini himoya qilish yo’lida kasb mahorati va fuqorolik pozisiyasini namoyon etadigan qattiyatli insonlarni tasavvur qilamiz”.
Jurnalist men hali yoshman, tajribam yetarli emas degan so’zlarni aytishi uyat. U yozgan so’zga kimdir ishonadi. O’sha so’z hatto kimningdur hayotini o’zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, jurnalist bilimli, ma’suliyatli bo’lmog’i kerak. Ana shundagina bu sohaning qaymog’ini tota oladi. Harchand bu soha haqida keng to’xtalmoqchi bo’lmay baribir nimadir qolib ketayotgandek, mening bu yozganlarim dengizdan bir tomchidek tuyuladi. Qanchalik urinmay JURNALISTIKAni o’zim hohlagandek ta’riflay olmayman. Ko’nglim to’lmaydi. Men jurnalistika haqida qancha gapirmay, qancha yozmay yana shunchasi qalbim tubida qolib ketaveradi.

SAILXONOVA NAZOKAT

Âåðíóòüñÿ íàçàä