DataLife Engine > Publitsistika > YUKSALISHNING SIRI—KITOBDA

YUKSALISHNING SIRI—KITOBDA


31-03-2018, 21:26. Ðàçìåñòèë: zlixa KITOB-- bu oddiy so’zning zamirida chuqur ma’no va mazmun bor. Faqat uni teranroq anglash va idrok etish darkor. Sizni yuksaklikka eltuvchi, aql-idrokingizni kengaytiradigan hayotning har bir jabhasini yorqin ko’rishinishda tassavvur qilishga yordam beradigan ham bu kitob va undan oladigan bilimdir. Qanday sohani tanlashingizdan qattiy nazar uning bosh asoschisi kitob va undan oladigan bilim ekanini unutmasligimiz kerak. Agarda biz kitobni kuchli iroda va xohish bilan o’qisak, oldimizdagi maqsad va yutuqlarga teran va tezda erishamiz sababi yuksaklikka erishishning eng katta siri bu Kitobdir.Har bir fan, har bir tilning o’ziga yarasha kelib chiqishi va o’sha tilning madaniyati, hayotini yoritib beruvchi kitobi bordir. Hozirgi kunda ilm-fan, madaniyat va ma’rifat hamda chet tillarni talaba yoshlarga, yetkazib berishda, kitobxonlikni rivojlantirishda kata e’tibor qaratilmoqda.
2017-yil 17-fevral kuni Chet tillar fakulteti 3-bosqich 313-314-guruh Nemis tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari o’rtasida “Yuksalishning siri—kitobda “ nomli kitobxonlik kechasi o’tkazildi. Talabalar Nemis tilidagi “ In der Hayfishe shpree” ,”Skorpion Frau “, “Faust”, nomli badiy va adabiy kitoblar bo’yicha fikr almashdilar. Tadbir fakultet Xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi M.Ametova va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi O.Atayeva tashabbuslari bilan o’tkazildi. Bu tadbirni fakultetimizning Ma’naviy va Ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari T.Qulniyazov ochib berdi. Kitobxonlik kechasida talabalar Nemis tili bo’yicha chuqur bilim va ko’nikmalarini namayon qilishdi. 314-guruh talabalarining faolligi va intiluvchanligi, nemis tilidagi ravon nutqi va savollarga qisqa va aniq javob berishi orqali Kitobxonlik kechasida yaxshi natijani ko’rsata bildilar. Shu kabi intiluvchan talabalar universitetimiz kutubxonalaridan unumli foydalanib, o’z sohasi bo’yicha chuqur bilimlarni yanada kengaytirishga kitobxonlik kechasini tez-tez o’tkazib turishga kelishib oldilar.

Sanobar Allabergenova

Âåðíóòüñÿ íàçàä